Tezkor xabar! Murodovning UFCdagi 3-jangi bekor qilindi

  • 14.01.2020 15:22
  • 0
  • MMA

UFCning o‘rta vazn toifasida janglarini o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Mahmud Murodovning ma’lum qilishicha, uning Antonio Karlos Juniorga qarshi jangi bo‘lib o‘tmaydi.

"14 mart kuniga belgilangan jangim bo‘lib o‘tmaydi. U jarohat oldi. Unga sog‘liq tilayman. Umid qilamanki, kelajakda biz oktagonda ko‘rishamiz.

Jamoam mening keyingi raqibim kim bo‘lishi, qachon va qaerda jang o‘tkazilishi borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Barchasi hal bo‘lganida, xabar beramiz" - deb yozdi Murodov o‘zining instagram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!