
Tezkor xabar! O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi legionerga aylanmoqda
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yig‘inda bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Dostonbek Hamdamov bir necha kun davomida terma mashg‘ulotlarida qatnasha olmaydi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Hamdamo ijara asosda Qatarning “Al-Sailiya” klubiga o‘tmoqda. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Dohaga yo‘l oldi. 22 yanvar kuni Qatar chempionatida “Al-Sailiya” navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi va Dostonbek ushbu o‘yindan so‘ng milliy jamoa yig‘iniga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar