Tezkor xabar! O‘zbekistonda kun mavzusiga aylangan murabbiy ishdan olindi

  • 15 noyabr, 2019, 23:42
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boshqalar
TIGGO 2 PRO

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yil 23 sentyabr kuni kurash bo‘yicha trener Abbos Hasanovning 21 sentyabr kungi mashg‘ulotlarga sababsiz kelmagan o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan video tarqalib ketdi. Unda A.Hasanov ushbu jarayonda shogirdlariga qo‘pol so‘zlar aytib, ularga nisbatan kuch ishlatgan hamda pedagogika etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 11 oktyabrida Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda trener A.Hasanovning o‘quvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligi hamda kuch ishlatganligi muhokama qilingan. Maktab-internat jamoasi ishtirokida 2019 yil 9 sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha trener va yo‘riqchi-uslubchilarga o‘quvchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaslik bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Shunga qaramay kurash bo‘yicha trener Abbos Xasanov 23 sentyabr kuni 2-17-guruh o‘quvchisi Mahmadulla Mustafoevni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Maktab-internatning pedagoglar jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu ta’lim muassasasi direktori X.Saparov mazkur holatni keskin qoralab, bu boshqalarga noto‘g‘ri ta’sir qilishini taʼkidlab o‘tgan.

Yig‘ilish yakunida A.Hasanovga pedagoglarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun intizomiy chora ko‘rish belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan Abbos Hasanovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berilgandi.

Biroq, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sodir bo‘lgan holat atroflicha o‘rganib chiqildi. Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorining buyrug‘iga asosan 2019 yil 14 noyabrdan e’tiboran trener A.Hasanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Zaur Axmed
16/11/2019 00:56
Абрамовми дебман ...
&
Shoxrux MTJ
16/11/2019 17:52
O'zbek bolariga jiddiy gaplashish kerak.. Chunki oyilada shunaqa tarbiya olishadi