Tezkor xabar! "So‘g‘diyona" OChLda qatnashish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi
OFK 2020 yili OChL uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra PFL O‘zbekistondan 14 ta ro‘yxat bergan va 7 tasida litsenziyani qo‘lga kiritgan, bittasi ma’lum bir cheklov asosida. O‘sha jamoa "So‘g‘diyona" bo‘lib jizzaxliklar ayrim talablarga javob bera olmaydi. PFL bu kamchiliklarni muhim emas deb topgan shekillik va litsenziya shartli ravishda berilgan bo‘lishi mumkin, - deya xabar berdi Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida.
Shuning uchun ertaga "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘yinda nafaqat 3-o‘rin uchun bahs, balki OChL-2020da O‘zbekiston nomidan qatnashadigan 3-yo‘llanma uchun "jang" bo‘ladi.
Keyinchi?
21 yanvar kuni O‘zbekistonning 2 klubi pley-offda, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"/"So‘g‘diyona" uyda o‘yin o‘tkazadi.
"Lokomotiv" Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o‘ynaydi.
"Bunyodkor" yoki "So‘g‘diyona" Iroqning "Al-Zaura" klubi bilan kuch sinashadi.
Ehtimoliy g‘alaba jamoalarimizni 28 yanvar kuni safarda o‘tkaziladigan 3-bosqich yo‘llanmasini ta’minlaydi:
"Lokomotiv" Jiddada Saudiya Arabistonining "Al-Ahli"siga qarshi o‘ynaydi.
"Bunyodkor" yoki "So‘g‘diyona" BAAning "Al-Ayn" jamoa bilan kuch sinashadi.

Fikrlar
1 paxta
2 loko
3 so'g'd
4 bunik
...
Omadinglarni bersin-ey