The Best. Ronaldu ilk bor Messiga ovoz berdi

CHERY AUTO

The Best sovrini uchun Argentina, Polsha va Portugaliya terma jamoalari sardorlari Lionel Messi, Robert Levandovski hamda Krishtianu Ronaldu kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Levandovski birinchi o‘ringa "Liverpul" yarim himoyachisi Tiago Alkantarani qo‘ygan, PSJ forvardi Neymarni ikkinchi pog‘onaga munosib ko‘rgan va "Manchester Siti" sardori Kevin de Bryuyneni uchinchi o‘ringa joylashtirgan.

Ronaldu o‘z uchligida Levandovskiga birinchi, Messiga ikkinchi va Mbappega uchinchi o‘rinni bergan.

Messi esa, birinchi o‘rinni Neymarga bergan bo‘lsa, Mbappega ikkinchi hamda Levandovskiga uchinchi pog‘onadan joy ajratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!