The Sun: Lukaku faoliyatini "Inter"da davom ettiradi

  • 20 iyun, 2019, 14:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini “Inter”da davom ettiradi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 26 yoshli belgiyalik futbolchi allaqachon “neradzurrilar” rahbariyati bilan uchrashgan va shaxsiy kelishuvga erishgan. Uning transferi esa milanliklarga 84 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukaku MYu safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum APLda jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!