
The Telegraph: “Chelsi” bugun Lempard iste’fosini e’lon qiladi!
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada lavozimini topshirishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniyaning mashhur The Telegraph nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Lempardning iste’fosi yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinadi. Klub mutasaddilari bugun futbolchilarni mashg‘ulotga kelmasligini tayinlagan.
Lempard jamoani 2019 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Londonliklar yozgi transferlar vaqtida 200 million funt miqdoridagi mablag‘ni transferlarga sarflaganiga qaramay, jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.
Angliyalik mutaxassis o‘rnini ancha tajribali bo‘lgan Massimiliano Allegri yoki Tomas Tuxel egallashi kutilmoqda.
Fikrlar