Tibo Kurtua: "La Liga o‘yinlari Ispaniyada o‘tkazilishi kerak"

  • 23 oktabr, 15:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Vilyarreal" va "Barselona" o‘rtasidagi La Liga bahsini AQShda o‘tkazish rejasi bekor qilinganiga munosabat bildirdi.

Tecno

"Men bu qarordan mamnunman. Ispaniya chempionati o‘yinlari mamlakatimizda o‘tkazilishi kerak. Hamma buni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar siz La Liga dunyodagi eng kuchli chempionat deb hisoblasangiz, unda hech qaerga borishning hojati yo‘q. Biz o‘z stadionlarimizni to‘ldirishimiz kerak", — dedi belgiyalik darvozabon "Marca" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 9-turdan so‘ng La Liga jadvalida "Real" 24 ochko bilan peshqadam. "Barselona" 22 ball bilan ikkinchi o‘rinda, "Vilyarreal" esa 17 ochko bilan kuchli uchlikni yopmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!