Timo Verner "RB Leyptsig" tarixiga kirdi
Kecha Germaniya Bundesligasining 32-turida “RB Leyptsig” safarda “Mants” 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Shu kuni mehmonlar to‘purari Timo Verner ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. E’tiborlisi, 23 yoshli hujumchi shu tariqa “RB Leyptsig” safida Bundesligada 50ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “RB Leyptsig” safida jami 41ta o‘yinda ishtirok etdi va 23ta gol urishga erishdi.
Fikrlar