Timur Kapadze 2025 yilda dunyoning eng kuchli milliy jamoa murabbiylari oʻntaligiga kirdi
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze 2025 yil yakunlariga ko‘ra dunyodagi eng kuchli milliy jamoa murabbiylari orasida sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan tuzilgan reytingda Kapadze 10 ochko to‘plab, Kolumbiya milliy jamoasi murabbiyi Nestor Lorenso bilan bir xil natija qayd etdi.
Reytingda birinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Luis de la Fuente egalladi. Keyingi o‘rinlardan Portugaliya milliy jamoasi ustozi Roberto Martinez hamda Argentina terma jamoasi murabbiyi Lionel Skaloni joy oldi. Shuningdek, kuchli o‘nlikka Norvegiya, Angliya, Fransiya, Marokash va Meksika milliy jamoalari murabbiylari ham kirdi.
Avvalroq Timur Kapadze Indoneziyada ko‘ringani ortidan uning ushbu mamlakat milliy jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo keyinchalik "Navbahor" klubi uni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasm tanishtirdi.
Fikrlar