Tokio-2020 Olimpiadasi saralash bosqichi. Iordaniya va Gonkong terma jamoalari ham poytaxtimizga etib kelishdi
Shu yilning 3-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur guruhda O‘zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan.
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Vetnam terma jamoasidan keyin Iordaniya va Gonkong terma jamoasi ham poytaxtimizga etib kelishdi. Gonkonglik futbolchilar "Miran" mehmonxonasiga joylashishdi. Iordaniya terma jamoasi esa "Grand Mir" mehmonxonasidan joy oldi.
Bugun Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichida ishtirok etadigan terma jamoalar mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. Mashg‘ulotlar jadvali quyidagicha:
Vetnam - "To‘qimachilar" stadioni. Soat 15:00dan 16:00gacha
Iordaniya - "To‘qimachilar" stadioni. Soat 16:00dan 17:30gacha
Gonkong - "Milliy" stadioni 7-maydon. Soat 15:00dan 16:30gacha

Fikrlar