
Tokio-2020. O‘zbekiston pastladi, kuchli uchlikda o‘zgarishlar - medallar jamg‘arish bo‘yicha top-10 bilan tanishing!
Tokio Olimpiadasining 3-kunida O‘zbekiston delegatsiyasidan 7 sportchi bahslarda ishtirok etdi. Ikki nafar vakilimiz medalga juda yaqin kelib, yakunda 4-o‘rinni egalladi.
Medal jamg‘arish bo‘yicha umumiy hisobda turnir mezboni Yaponiya peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, AQSh ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Ulug‘bek Rashitovning oltin medali evaziga 16-bo‘lib turibdi.
Ertaga 5 nafar sportchimiz Olimpiya o‘yinlaridagi yurishini boshlaydi.
Fikrlar