
Tokio Olimpiadasi keyingi yilga qoldirilmaydi, faqat...
Avval xabar berganimizdek Tokio-2020 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi tufayli so‘roq ostida qolmoqda.
Tokio-2020 ishlari bo‘yicha vazir Seyko Xasimotoning ma’lum qilishicha to‘rt yillikning eng yirik sport tadbiri yozda emas yil oxirida o‘tkazilishi mumkin.
«O‘rtadagi shartnomaga ko‘ra o‘yinlar 2020 yilda o‘tkazilishi lozim. Bu esa uning muddatini kechiktirishga imkon beradi», — deydi Xasimoto.
Ma’lumot uchun, ayni damda Yaponiyada koronavirusga chalingan insonlar soni 973 nafarga etgan. Hozircha 12 kishi virus qurboniga aylangan, 50 nafar bemor esa og‘ir ahvolda.
Fikrlar