Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir qachon o‘tkaziladi?

  • 24.01.2020 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Tokio-2020 Olimpiadasining boks bo‘yicha litsenzion musobaqasini tashkil etuvchi qo‘mita bahslar Uxandagi koronavirus sababli qoldirilgani haqida O‘zbekiston boks federatsiyasiga xat yubordi. Unga ko‘ra, Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlariga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ayni paytda tashkiliy qo‘mita Xitoydan boshqa mamlakatda ushbu musobaqani o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Tashkiliy qo‘mita bu borada milliy federatsiyalarga rasmiy xabar yuborishi haqida xatda alohida ta’kidlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!