To‘liq o‘ynagan Husanovnig o‘yini qanday baholandi?

  • 01.09.2024 20:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Monako" - "Lans" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

84-daqiqada Denis Zakariya hisobni ochgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Frankovski penaltidan muvozanatni tikladi. Legionerimiz Abduqodir Husanov ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Vakilimiz faol harakatlari bilan jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Uning harakatlari "SofaScore"da 7,1 ballga baholandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!