Tomas Tuxel: Kavani o‘z ritmi va ishonchini qaytarishi kerak

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qishki transfer oynasi vaqtida jamoani tark etmagan hujumchi Edinson Kavanining kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

"Raqobat yaxshi. Ayniqsa PSJ kabi klubda. Hayotda PSJda qolishdan ko‘ra yomonroq vaziyatlar ham bo‘ladi.

Kavani tez orada o‘zini yaxshi his qila boshlaydi deb o‘ylayman. U o‘z ritmini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarib olishi kerak", - deya aytib o‘tdi Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi uchun yanvarda "Atletiko", "Chelsi" va MYu da’vogarlik qilgan edi, biroq yakunda urugvaylik futbolchi Parij klubida qoldi. Endi u mavsum so‘nggida erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!