Tomori: "Abraxamni Italiyaga o‘tishga men ko‘ndirganman"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" futbolchisi Fikayo Tomori "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshi Temmi Abraxam haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, Abraxam "Chelsi" futbolchisi ekanligida uni A Seriya yaxshi chempionat ekanligiga aynan Tomori ishontirgan.

"Uning oldida "Roma"ga o‘tish varianti bor edi. Men unga A Seriya yaxshi chempionat ekanini aytdim.

Hozir u Italiyada to‘purarlar qatorida ketmoqda. Menimcha, Temmi noto‘g‘ri qaror qilmadi.

Biz ayni paytda avvalgidan ancha rivojlangan va o‘sishga erishgan Abraxamni ko‘ryapmiz. Shuningdek, u jamoasiga EChLga chiqishi uchun katta yordam bermoqda", - dedi angliyalik himoyachi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!