Tomson: "U yig‘layotganga o‘xshaydi"

  • 30 yanvar, 2024, 11:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Amerikalik sobiq aralash yakkakurash ustasi Josh Tomson o‘rta vazn toifasida mag‘lub bo‘lmagan UFC chempioni Hamzat Chimaevning chempionlikka da’volari haqida gapirdi.

Bir necha kun oldin chechen promoushen prezidenti Dana Uaytni keskin tanqid qildi - Uayt unga kamar uchun jang tashkillashtirishni va’da qilib,ammo keyin fikrini o‘zgartirgandi.

“Men Xamzat Chimaevning so‘nggi intervyusini tingladim, u yig‘laganga o‘xshab gapirdi. Menda shunday holat bo‘lgan, menga shunday va’dalar berilgan edi. Ammo o‘ylab ko‘ringchi, qachond Dana Uayt va’dasining ustidan chiqqan?! Biz buni oldin ham ko‘rganmiz, Dana jangchilarga ko‘p narsalarni va’da qilib tashlaydi. Eshit, Hamzat.Sening Usmon bilan bo‘lgan janging u qadar yorqin bo‘lmadi. Sen yaxshi taassurot qoldirmading", – dedi Tompson o‘zining podkastida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!