
Toni Fergyuson UFC 279 turnirida osiyolik jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi (foto)
10 sentyabr kuni AQShning Nevada shtatidagi "T-Mobile" arenasida UFC 279 turniri bo‘lib o‘tadi.
Jang kechasining asosiy qarama-qarshiligida shvetsiyalik Hamzat Chimaev hamda Neyt Diaz oktagonga ko‘tariladi.
Shuningdek, promoushen yana bir super to‘qnashuvni e’lon qildi. Unda "El-Kukuy" laqabini olgan Toni Fergyuson xitoylik Li Tszinlyan bilan jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toni so‘nggi bor 8 may kuni Maykl Chendler bilan urishgan va ayanchli tarzda nokautga uchragandi.
Fikrlar