
To‘purar Keyn muhim o‘yin oldidan tanqidlarga nishon bo‘ldi
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nils Petersen “Bavariya”ning markaziy hujumchisi Harri Keyn “Inter”ga qarshi hal qiluvchi bahs arafasida “mahorat tanqisligi” (formadagi inqiroz) davrini boshdan kechirayotganini ta’kidladi.
Angliyalik futbolchi Germaniyada keskin tanqid ostida qoldi. E’tirozlar Bundesliganing so‘nggi turida “Borussiya Dortmund” bilan 2:2 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin yanada kuchaydi.
Shuningdek, Keyn hafta o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida ham — Italiyaning “Inter” klubiga qarshi 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahsda — gol ura olmadi.
“Frayburg” klubi sobiq yulduzi Angliya terma jamoasi sardorining holatini quyidagicha izohladi:
- Harri Keyn so‘nggi haftalarda gol ura olmayotgani uchun, imkoniyat paydo bo‘lishi bilan, ichingizda “Ana endi to‘p darvozaga kirsa kerak”, degan fikr paydo bo‘ladi. Aynan mana shu fikrning o‘zi futbolchiga og‘irlik qiladi.
Bunday darajadagi futbolchidan har o‘yin gol kutilishi tabiiy, lekin kutilmalar o‘zini oqlaganicha yo‘q. U formadagi inqiroz holatida,” — dedi Petersen.
Fikrlar