"Torino" joriy mavsum A Seriyada rekord darajada ochko jamg‘ardi
“Torino” bugun A Seriyaning 36-turida “Sassuolo”ni 3:2 hisobida engdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Valtera Madzarri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 60taga etdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra bu Turin shahri jamoasi uchun 1994 yildan buyon, ya’ni g‘alaba uchun 3 ochko berish qoidasi amalga tadbiq etilgandan buyon bir mavsumda to‘plagan eng ko‘p ochkosi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Torino” ayni damda Evropa ligasiga yo‘llanma beruvchi 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar