Torres PSJdan bo‘lgan qiziqishga izoh berdi
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres atrofidagi so‘nggi transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi. OAVda uni «PSJ» bilan bog‘layotgan xabarlar paydo bo‘lgandi. Futbolchi esa bu kabi ma’lumotlarga jiddiy qaramayotganini va Parij klubi bilan hech qanday muzokara olib bormasligini aytdi.
Torresning ta’kidlashicha, u Luis Enrique jamoasining ehtimoliy qiziqishi haqida ham xabardor emas va matbuotdagi shov-shuvli xabarlar uni bezovta qilmayapti.
««PSJ» haqida nima deymanmi? Bu haqida hech narsa eshitmaganman. Mish-mishlarga umuman e’tibor bermayman», — deya keltiradi futbolchining so‘zlarini Diario Sport.
O‘tgan mavsumda Ferran Torres «Barselona» hujum chizig‘ida muhim figuraga aylandi. U barcha musobaqalar doirasida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Universal o‘yin uslubi tufayli Ferran doimiy ravishda ham qanotlarda, ham markaziy hujumchi sifatida foydalandi.

Fikrlar