
Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogida qatnashadigan 14 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Kelasi yilning mart oyida Toshkent 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi.
Ayni paytda saralashning 10 ta guruhidan 9 tasi yakunlandi. "H" guruhi bahslari Iroqdan Kuvaytga ko‘chirildi va oktyar oyida o‘tkaziladi.
Ayni paytda qit’a birinchiligida qatnashadigan 14 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi:
O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni
Qatar
Iordaniya
Ummon
Tojikiston
Eron
Vetnam
Qirg‘iz Respublikasi
Xitoy
Suriya.
E’tiborlisi, suriyaliklar yakuniy bosqichga eng yaxshi ikkinchi jamoa sifatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va kartochkalar farqi evaziga Tailandni ortda qoldirdi. Qolgan asosiy ko‘rsatkichlarning barchasida jamoalar mutlaqo tenglik namoyish etgan (2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6-3).
Fikrlar