Toshkentda Osiyo va Okeaniya mamlakatlarining sport vazirlari jam bo‘ladi

  • 13 may, 2024, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 22-23 may kunlari poytaxtimiz Toshkent shahridaButunjahon antidoping agentligi (WADA)ning navbatdagi XIX hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu nufuzli tadbirda WADA prezidenti Vitold Banka, shuningdek 34 ta mamlakatning sport vazirlari, vazir o‘rinbosarlari va antidoping sohasiga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar ishtirok etadi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Butunjahon antidoping agentligi o‘rtasida sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ta’kidlash lozimki, har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan ushbu nufuzli tadbirga O‘zbekiston birinchi bor mezbonlik qilmoqda.

Baxtiyor Toshtemirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!