Toshkentda xalqaro toifadagi turnirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi

  • 03.04.2026 12:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Joriy yilning 27 mart – 3 aprel kunlari Toshkent shahrida xalqaro sport ustasi hamda xalqaro grossmeyster unvonlari uchun normativlarni bajarishga qaratilgan "“Tashkent GM Round Robin" va "Tashkent IM Round Robin" turnirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqalarda 8 ta davlatdan jami 20 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Turnirlar davra tizimida, 9 turdan iborat shaklda tashkil etildi va yuqori saviyada, murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalar:

Quvonarlisi, ushbu turnirlarda hamyurtlarimiz yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan, Botiraliev Abdumajid "Tashkent IM Round Robin" musobaqasida 1-o‘rinni egallab, +147 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir vakilimiz Matyakubov Miraziz xalqaro sport ustasi (IM) normativini muvaffaqiyatli bajardi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!