
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn haqida gapirdi
Londonning “Tottenxem” klubi markaziy hujumchisi Dominik Solanke “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Keyn - yagona nusxadagi o‘ziga xos hujumchi. Xarri ko‘p yillar davomida "Tottenxem" va terma jamoada muvaffaqiyatli o‘ynadi. Bu o‘z mamlakatiga katta foyda keltirgan jahon darajasidagi futbolchi. Keyn - ajoyib hujumchi", - dedi Dominik The Times nashriga bergan intervyusida.
31 yoshli Keyn "Bavariya" safiga 2023 yilning yozida "Tottenxem"dan ko‘chib o‘tgan va myunxenliklar bilan to‘rt yillik mehnat shartnomasini imzolagan. Futbolchining ayni damdagi bozor narxi 100 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar