"Tottenxem" futbolchisi mavsumni La Ligada davom ettirishi mumkin

  • 11.01.2021 15:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” yarim himoyachisi Xarri Uinks mavsumni Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Gilem Balagening xabar berishicha, angliyalik futbolchini “Valensiya” mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. “Shporlar” bu boradagi dastlabki taklifni rad etishdi va shu sababli, “ko‘rshapalaklar” ikkinchi taklifni yubormoqchi.

“Valensiya” futbolchining maoshini 100 foiz to‘lab berishga tayyor, ammo ijara haqi uchun “Tottenxem”ga pul to‘lashni xohlamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!