"Tottenxem" futbolchisi oxirgi bor nima uchun yig‘lagandi?
Angliya terma jamoasining ishonchli himoyachilaridan biri 26 yoshli Erik Dayer bir necha yillardan beri “Tottenxem” jamoasining sharafini munosab tarzda himoya qilib kelmoqda.
Albatta, futbolda va hayotda bir qancha kutilmagan holatlar ham yuz berishi tabiiy. Erik Dayer esa xorij OAVga bergan intervyusida oxirgi marta qachon yig‘lagani haqidagi savolga javob berar ekan, bunga quyidagicha javob qaytardi:
- «Hayotning o‘zi» filmini tomosha qilgan paytimda yig‘laganman. Ko‘zlarim jiqqa yoshga to‘lgan va shu holatimda meni ukam ko‘rib qolgan! Keyin ustimdan kulib yurgan. Ha, filmlarni tomosha qilgan paytimda men shunaqa hissiyotlarga berilib ketaman, nima ham derdim?
Fikrlar