“Tottenxem” mashhur reperga taqiq qo‘ydi
Londonning "Tottenxem" klubi amerikalik reper va prodyuser Kanye Uestni oʻz stadionida kontsert berishdan bosh tortdi. Bunga sanʼatkorning yahudiylarga qarshi bayonotlari va klubning yahudiylar jamoasi bilan tarixiy aloqalari sabab boʻlgan, deb yozadi Daily Mail.
Buning oʻrniga reper Wireless Festival festivaliga taklif qilindi. Bu qaror keskin tanqidlarga uchradi, natijada ikki yirik homiy tadbirda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Pepsi kompaniyasi Kanye Uestning festival boshlovchisi sifatidagi chiqishiga norozilik sifatida homiylik qoʻllab-quvvatlovini toʻxtatishini eʼlon qildi. Bir necha soatdan soʻng Pepsi'ga Guinness, Johnnie Walker va Captain Morgan brendlariga egalik qiluvchi Diageo kompaniyasi qoʻshildi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer vaziyatga izoh berib, festivalning Kanye Uestni taklif qilish qarorini "chuqur xavotir uygʻotadigan" deb atadi. Uning taʼkidlashicha, reperning avvalgi antisemitik fikrlarini inobatga olsak, unga mamlakatga kirishni taqiqash ehtimoli bor.
Fikrlar