“Tottenxem” Mourinoni haydaganining sababini oshkor qildi

  • 21 aprel, 2021, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” prezidenti Daniel Levi  jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoni Angliya premer-ligasidagi qoniqarsiz natijalar va Evropa ligasidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli iste’foga chiqargani aytilgandi.

Tecno

Biroq, vaqt o‘tishi bilan portugaliyalik mutaxassis nega ishdan haydalganining boshqa sabablari borligi ayon bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Joze Mourino 24 aprel kuni Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Daniel Levi jamoa “Manchester Siti”ga qarshi final uchrashuvida mag‘lubiyatga uchrashidan xavotir olib, Mourinoni iste’foga chiqardi.

Bundan tashqari, klub rahbari bosh murabbiyni ishdan olish bilan jamoani tark etish harakatiga tushgan asosiy tarkibning 10 nafar futbolchisini saqlab qolishni ko‘zlamoqda. Bu o‘yinchilar qaysar murabbiy bilan chiqisha olmayotgan edi. Shu sababdan ketmoqchi bo‘lgan orasida to‘purar Harri Keyn, yarim himoyachi Dele Alli va hujumkor futbolchi Garet Beyl kabi yulduzlar ham bor.

Daniel Levi tarkibdagi yulduzlarni jamoada olib qolib, bosh murabbiylikka Yulian Nagelsmann yoki Brendan Rojersni taklif qilish orqali muxlislar e’tiborini yana “Totteexem”ga qaratishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!