“Tottenxem” murabbiyi oʻyindan keyin otasining oʻlimidan xabar topdi
"Tottenxem" Premier-liga doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi uy uchrashuvida 0:3 hisobida yutqazdi. O'yindan keyin "shporlar" ustozi Igor Tudor oilaviy sabablarqa ko'ra matbuot anjumaniga kelmadi.
Muxlislar Tudor natija tufayli jurnalistlar oldiga bormagan deb gumon qilishdi, ammo yo'q. Xorvatiyalik murabbiyning oilasida o'yindan so'ng "Tottenxem" ustozi otasining vafoti haqida xabar topdi. Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.
"Tottenxem" navbatdagi o'yinini 12 aprel kuni "Sanderlend"ga qarshi o'tkazadi. Bunday uzoq tanaffus xalqaro pauzadan so'ng Angliyada Angliya kubogining 1/4 final o'yinlari o'tkazilishi bilan bog'liq. "Shporlar" bu turnirni allaqachon tark etishgan.
Fikrlar