"Tottenxem" muxlislari uchun ajoyib xabar

  • 09.01.2020 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris tirsagidan olgan jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik posbon APLning 8-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga (0:3) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Natijada u tirsagidan operatsiya qilingan edi.

Loris hozircha engil mashqlarni bajarib turadi. Biroq, yaqin 10 kun ichida to‘liq mashg‘ulotlarga kirishishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!