"Tottenxem" nega Maguayrni sotib olmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Ingliz manbalari bergan xabarga ko‘ra, London klubi Xarri Keynni jamoada saqlab qolishda Maguayr yordam beradi, deb hisoblashmoqda.
Keyn va Maguayr anchadan beri do‘st hisoblanadi. Hujumchi avvalroq "shporlar"ga himoyachi sotib olishni taklif qilgandi. Biroq hozircha "Tottenxem" Maguayrning transferi bo‘yicha hech qanday rasmiy so‘rov yubormagan.
Ma’lumot o‘rnida, Xarri joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar