“Tottenxem” uch hafta oldin kelgan yangi bosh murabbiyni ham haydaydi

  • 07.03.2026 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya premyer-ligasida ishlari yurishmayotgan Londonning “Tottenxem” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorni ishdan bo’shatish variantini ko’rib chiqmoqda.

Bu haqida The Telegraph xabar berdi.

Tudor jamoani 14 fevral kuni boshqarishni boshlagan va aytarli o’zgarishlarni yasay olmadi.

Xorvat mutaxassisi rahbarligida “Tottenxem” uchta o’yin o’tkazdi va ularning barchasida “Arsenal”dan 1:4, “Fulxem”dan 1:2 va “Kristal Pэlas”dan 1:3 hisobida mag’lubiyatga uchradi. Ushbu o’yinlardagi umumiy to’plar farqi 3:9 ni tashkil qildi.

Klub rahbariyati jamoa natijalari va Angliya Premyer-ligasidagi joyini saqlab qolish uchun kurashda xavf ortib borayotganidan xavotirda. So’nggi mag’lubiyat “shporlar” rahbariyatida norozilik uyg’otdi.

Shuningdek, “Tottenxem” kelasi mavsumdan boshlab hamkorlik qilish ehtimoli bo’yicha Roberto De Dzerbi bilan muzokaralar o’tkazgani ham xabar qilinmoqda. Bu variant klub Premyer-ligada qolgan taqdirda ko’rib chiqiladi.

Avvalroq, De Dzerbi Fransiyaning “Marsel” klubi bosh murabbiyligini tark etishiga to’g’ri kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!