"Tottenxem" va "Siti" "Liverpul" yulduzini talashyapti

  • 25.08.2026 18:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» hujumchisi Kodi Gakpo yozgi transfer bozorining eng qiziqarli figuralaridan biriga aylandi. Unga bir vaqtning o‘zida Angliya premyer-ligasining ikki grandi – «Tottenxem» va «Manchester Siti» da’vogarlik qilmoqda.

 Bu haqida jurnalist Munir Bualin ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Tottenxem» allaqachon Gakpo uchun taxminan 60 million funt atrofida taklif yo‘llagan. 

Biroq «Liverpool» bu miqdorni yetarli deb hisoblamay, niderlandiyalik vingerni bunday summaga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Endi londonliklar yangi, yaxshilangan taklif ustida ish olib borayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, yaqin kunlar ichida «Manchester Siti» ham Gakpo bo‘yicha rasmiy taklif kiritishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. 

Shu tariqa, gollandiyalik futbolchi uchun transfer kurashi yanada keskinlashishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!