"Tottenxem" Vertongenning holati haqida ma’lum qildi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining rasmiy saytida “Ayaks”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan himoyachisi Yan Vertongenning holati haqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra 32 yoshli belgiyalik futbolchi sog‘lom. Ammo, u yaqin bir necha kun davomida nevrolog kuzatuvida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Vertongen joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar