"Tottenxem" yangi bosh murabbiy qidirmoqda: uch nomzod e’lon qilindi

  • 7 iyun, 13:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi Anje Postekoglu iste’foga chiqarilganidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimiga uch nomzodni ko‘rib chiqmoqda.

"The Guardian" nashrining xabariga ko‘ra, London klubi Tomas Frank ("Brentford"), Marku Silva ("Fulxem") va Andoni Iraolani ("Bornmut") asosiy da’vogar sifatida belgilagan. 
 
Eslatib o‘tamiz, Postekoglu Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted" ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng klubni tark etdi. Ushbu yutuq jamoaga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini taqdim etdi. Garchi "shporlar" APLning 2024/2025 yilgi mavsumini 15-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa ham. 
 
Qizig‘i shundaki, finaldagi raqib — MYu turnir jadvalida faqat bir pog‘ona yuqorida joylashgan. Bu holat londonliklarning Evropadagi muvaffaqiyatiga qaramay, ichki chempionatdagi muammolarini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!