"Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Ronaldu va Sarri o‘rtasida mojaro kelib chiqdi (video)

  • 21.07.2019 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu bugun Xalqaro chempionlar kubogi doirasidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (2:3) qarshi o‘yinda zaxiraga olinganidan norozi bo‘ldi.

Gap shundaki 34 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 63-daqiqasida almashtirilgach maydonni tark etayotib bosh murabbiy Mauritsio Sarriga o‘z e’tirozini bildirdi. Ta’kidlash kerakki, Ronaldu 60-daqiqada gol urgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda turinliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!