
"Tottenxem"ning tajribali futbolchisi Osiyo klubiga o‘tmoqda
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Aniqrog‘i, 32 yoshli belgiyalik futbolchi Qatarning "Al-Duhail". Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda. Qatarliklar uning transferi uchun taxminan 15 million evro to‘laydi.
Ayni damda “Al-Duhail” Alderveyreld bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida muzokaralar olib bormoqda.
Tobi Alderveyreld "Tottenxem" sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar