
Transferi keskin ko‘tarilgan Shomurodov, xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmagan Katanets, Superligaga yo‘l olgan "Neftchi" va "Dinamo",
Assalomu alaykum qadrli SPORTS.uz saytining kuzatuvchilari. O‘tgan hafta futbol olamida ko‘plab voqealar yuz berdi. Ular orasida o‘zbek futboliga aloqadorlari ham bor. Shu bois biz xozir ana shular xakida suz yuritamiz.
1.Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqib darvozasi 5 bor ishg‘ol qilindi. Ammo ikkinchi o‘yinda Iordaniya murabbiyimizga hali qiladigan ishlari ko‘pligini ko‘rsatib qo‘ydi.
2.Shomurodovning transfer summasi keskin ko‘tarildi! Bu o‘zbek futbolchilari uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Xo‘sh, endi uning narxi qanchani tashkil qiladi?
3."Neftchi" Superligaga qaytdi. Uzoq yo‘l bosib o‘tildi. Lekin eng asosiysi tasodifan emas, o‘ylangan reja asosida amalga oshdi.
4."Dinamo" ham “Neftchi” ortidan muddatidan avval Superligaga chiqdi. Vazifa bajarilganiga qaramay samarqandliklar to‘xtab qolmoqchi emas.
5.PSJ va “Manchester Siti”ga raqobatchi paydo bo‘ldi. "Nyukasl" saudiyalik milliarder qo‘liga o‘tdi. Uning boyligi parijlik va shaharlik oliftalarning pulidan anchagina ko‘p.
1.Avgust oyida terma jamoa boshqaruvini qabul qilib olgan Srechko Katanets ishni milliy chempionatimizni kuzatishdan boshladi. Markaziy va xalqaro maqomdagi uchrashuvlarda tez-tez ko‘rinish berib turgan sloveniyalik mutaxassis vanihoyat, oy so‘ngida terma jamoani Toshkentga yig‘di. Poytaxtimizda bir necha kun bo‘lib o‘tgan yig‘in sentyabr oyi boshida Shvetsiyada davom ettirildi. Mezbonlarning aralash tarkibi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida vakillarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oradan bir oy vaqt o‘tib, ikkinchi yig‘in va endi raqiblar darajasi pasaydi. Malayziya darvozasini vakillarimiz 5 bor ishg‘ol qildi. Qariyb bir yildan beri termada gol ura olmayotgan Doston Hamdamov dubl qayd etdi. Debyutant Husayn Norchaev ham terma jamoa uchun ilk o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi taym oxirida posbonimiz Valijon Rahimov o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda ham "oq bo‘rilar" ustunlik namoyish etdi va ikki bor raqib postiga yo‘l topdi. Bu safar yana yangi nomlar katta sahnaga chiqdi, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev hamda Aziz Amonov terma jamoa uchun debyut golini urdi.
Bir necha kundan so‘ng, Katanets jamoasi nisbatan kuchliroq raqibga qarshi maydonga tushdi. Mezbon Iordaniya bilan bahs uchun tanlangan asosiy tarkib sloveniyalik mutaxassis to‘laqonli rotatsiyaga qo‘l urganidan darak berardi. Bu o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi va futbolchilarimiz maydonda yosh bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ydi. Balki butun jamoa bunday qilmagandir, ammo yakunda biz 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradik. O‘zbekiston tarixda ilk bor Iordaniyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Birinchi marta Iordaniya darvozasiga yo‘l topa olmadik. Avvallari kamida bitta bo‘lsa ham gol urardik. Biroq bir jihatni esdan chiqarmaslik lozim, bu Katanetsning terma jamoa boshqaruvidagi endigina uchinchi o‘yini. Sloveniyalik murabbiy 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida har xil himoyani ishga solib ko‘rdi. Balki u ham mudofaamizdagi kemtikni payqagan va uni berkitishga harakat qilayotgandir.
Aksariyat mutaxassislar Vadim Abramov davrida himoyamizning sust harakat qilishini asosan yoshi katta futbolchilarga bog‘lar edi. Anzur Ismoilov, Egor Krimets, Sherzod A’zamov kabi himoyachilarning davri o‘tganligi, Odil Ahmedovning orqa chiziqqa qaytarilishi Vadim Karlenovichning xatosi sifatida O‘zbekiston mag‘lubiyatlarining asosiy sababi, deya ko‘rsatilardi. O‘zidan oldingi murabbiydan farqli o‘laroq, Katanets himoyani yoshartirish, har qanday tajriba hamda variantlarni qo‘llab ko‘rishdan cho‘chimayapti. Doston Tursunov, Abdulla Abdullaev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Dilshod Saitov kabi yangi nomlar bugun terma jamoa libosini kiydi. Va katta ehtimol bilan, rasmiy uchrashuvlarda ham aynan ular tarkibga kiritiladi. Shu bois, Srechko Katanetsdan natija talab qilmay turishimiz adolatdan bo‘lardi. Hech bo‘lmasa, yarim yilga!
5.PSJ va “Manchester Siti”ga raqobatchi paydo bo‘ldi. "Nyukasl" saudiyalik milliarder qo‘liga o‘tdi. Uning boyligi parijlik va shaharlik oliftalarning pulidan 10 barobar ko‘p
Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi (PIF - Public Investment Fund) rasman "Nyukasl"ni sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv 300 million funtga amalga oshgan. Fondga shahzoda Muhammad ibn Salmon rahbarlik qiladi. Saudiyaliklar o‘tgan yili ham klubni xarid qilishga harakat qilgandi, biroq ayrim sabablarga ko‘ra bu amalga oshmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" avval Mayk Eshliga tegishli edi. U 14 yildan buyon jamoa boshqaruvida bo‘lib turgandi. Klub turnir jadvalida ayni damda 3 ochko bilan 19-o‘rinda joylashgan.
Bu dunyodagi eng katta xususiy fond hisoblanadi. Ularning mol-mulki APL jamoalarining barchasinikidan 75 foizga kattaroqdir.
Arablar klubga sarmoya kiritishni yanvar oyidanoq boshlamoqchi. Ammo UEFA qoidalarini buzmaslik uchun bu jarayon sekin-asta amalga oshiriladi.
Yangi rahbariyat yangi futbolchilardan ko‘ra, dastlab klubning infratuzilmasini yangilashga e’tibor qaratadi. Sababi Eshli unga 14 yildan beri pul ajratmagan.
Arablar bu jamoani ham qo‘lga kiritishdi. Eng badavlat fond qo‘liga o‘tgan jamoa kelajakda nafaqat APLni, balki Evropani ham zabd etishi mumkin. “Nyukasl”ning kuchiga shubha qilsangiz, uning yangi rahbari Muhammad ibn Salmonning pullariga boqing. Salmonning mol-mulki yaqin yillarda transfer bozorini o‘ziniki qilib olgan PSJ va “Manchester Siti”nikidan ancha ko‘p.
Quyida klublarning eng boy egalari reytingini ko‘rishingiz va o‘zingiz baho berishingiz mumkin.
Saudiya Arabistoni fondi “Nyukasl”ni xarid qilganidan keyin Evropaning yana ikki mashhur klubiga egalik qilmoqchi.
Transfermarkt portalining xabar berishicha, Salmon tez orada Italiyaning “Inter” va Frantsiyaning “Marsel” klublarini o‘z qaramog‘iga oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, arablar bu ikki klub uchun umumiy hisobda bir milliard evro xarajat qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, saudiyaliklar Evropadan tashqari Braziliya klublaridan bir nechtasini xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Fikrlar