
Tsarukyanning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum qilindi
Engil vazn toifasi (66-70 kg) UFC jangchisi Arman Tsarukyan keyingi jangini Beneil Dariushga qarshi o‘tkazadi.
Bu haqda "MMA Mania" jurnalisti Aleks Bexunin xabar bermoqda. To‘qnashuv 3 dekabrga o‘tar kechasi Texasning Ostin shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirining asosiy kardida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan (20-3) oxirgi jangini 2023 yilning iyun oyida o‘tkazib, Xokaim Silvani (12-4) nokautga uchratgan edi.
Dariush (22-5-1) xuddi shu oydagi turnirda Charlz Oliveyraga (34-9-1) nokaut evaziga yutqazgandi.
Fikrlar