
TsSKA Fayzullaev ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ma’lum qildi
TsSKA kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo Moskva klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga yo‘l olganini tasdiqladi.
"Abbos o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketdi. Tibbiy tekshiruvlar ertaga, klublar kelishuvni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanayotgan paytda boshlanadi," - deya Breydoning so‘zlarini keltirdi "Match TV".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Istanbul" Fayzullaevning 7,5 million evro evaziga Moskvaning TsSKA klubi bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda xavbek Rossiya Premer-ligasida TsSKA safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi. Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar