
Turg‘unboev 84 daqiqa o‘ynagan bahsda "Sivasspor" ochko yo‘qotdi
"Sivasspor" Turkiya chempionati doirasida "Hatayspor" maydoniga safar uyushtirib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab, Manay jarima zarbasidan ajoyib gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, Mehdi 75-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirdi. Turg‘unboev asosiy tarkibda o‘yinni boshlab, 84-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, "Sivasspor" 8-pog‘onaga tushib ketdi.
"Hatayspor" 1:1 "Sivasspor"
Fikrlar