Turkiya Superligasi. "Istabul Bashakshehir" soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutilib qoldi

  • 20.04.2026 00:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 30-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

"Trabzonspor" o‘z maydonida "Istanbul Boshakshehir"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Dastlab, 73-daqiqada Felipe Augusto hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3'-daqiqada  Selke gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Mazkur bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 75 daqiqa harakat qildi. Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev 81-daqiqada zahiradan o‘yinga qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Nuri Shahin shogirdlari 47 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, "Trabzonspor" esa 67 ochko bilan 3-pog‘onani egalab turibdi.

  • Türkiye - Super Liga
  • Joriy Mavsum
688.png

Trabzonspor

  • Felipe Augusto 73'
Tugadi
1 : 1

19.04.2026 22:00

3702.png

Istanbul Bashakshehir

  • Davie Selke 90'

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!