
Turkiya terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Real"da boshlashi mumkin
"Real" Madrid klubi "Roma" yarim himoyachisi Jengiz Underga qiziqib qoldi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 21 yoshli turkiyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida sotib olishga urunib ko‘rmqochi. O‘z navbatida rimliklar iste’dodli futbolchisini 40-50 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Qayd etish lozimki Underga "Arsenal", "Chelsi", "Barselona", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Bavariya"dan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Under joriy mavsum “Roma” safida jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar