
"Turon" Superliganing ikki klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, Anvar Berdiev boshchiligidagi "Turon" klubi Namanganning "Navbahor" va Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" klublariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish uchun kelishuvga erishgan. "Lochinlar" klubi tomonidan bildirilgan taklifni inobatga olgan xolda endilikda yaypanliklar "Navbahor-farm" jamoasiga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Quyida mazkur o‘yinlar sanalari keltirib o‘tilmoqda:
22 iyul, juma.
"Turon" - "Navbahor-farm"
25 iyul, dushanba.
"Turon" - "Navbahor"
28 iyul, payshanba.
"Turon" - "Qo‘qon-1912"
Mazkur uchrashuvlarning barchasi Yaypan shahrida tashkil etiladi. O‘yinlarning boshlanish vaqtlari haqida navbatdagi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.
Fikrlar