Tuxel 100 mln evrolik hujumchini “Chelsi”ga kelishga ko‘ndirdi

  • 13 iyul, 2021, 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub chorlovlarini rad etib kelayotgan Romelu Lukaku bilan shaxsan gaplashib oldi.

Transfer summasi 100 million evroga baholanayotgan belgiyalik hujumchi germaniyalik murabbiy bilan suhbatdan so‘ng, faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga rozi bo‘lgan.

Lekin Romelu Lukaku “Inter” rahbariyatidan uni qo‘yib yuborishlarini so‘ramasligini ham bildirdi. Agarda klublar o‘zaro kelishib, bu transferni amalga oshiradigan bo‘lsa, mohir to‘purar Londonga ko‘chib o‘tishga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.

Tomas Tuxel qaysar hujumchini ko‘ndirishda Lukaku “Chelsi”ga muxlislik qilishi haqidagi faktlardan foydalangani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!