Tuxel 135 million evrolik shogirdini “Chelsi”ga bepul olib keladi

  • 09.11.2021 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning iste’dodli hujumkor futbolchisi Usmon Dembele atrofidagi vaziyat chigallashib bormoqda.

Kataloniyaliklar uni yangi bitimga ko‘ndira olmayapti. Jamoani qabul qilib olgan Xavi tarkibda Dembele bo‘lishi kerakligini va unga o‘xshagan iste’dod egasini topib bo‘lmasligini ta’kidlayapti.

Agar tomonlar yanvargacha kelishuvga erishmasa, “Chelsi” Dembele agentlari bilan muzokara boshlaydi.

Gap shundaki, Dembele “aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel qo‘l ostida “Borussiya”da to‘p tepgan. Uning iqtidorini ochilishida germaniyalik murabbiyning xizmati katta va buni futbolchining o‘zi ham yaxshi biladi.

Agar “Barselona” 135 million evroga tushgan futbolchini Kataloniyada qolishga ko‘ndira olmasa, “Chelsi” uni erkin agent sifatida katta maosh bilan o‘ziga qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!