Tuxel Angliya yulduzi o‘rniga oddiy yigitni tanladi

  • 20 iyul, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi va “Vest Xem” yulduzi Deklan Raysni transfer qilish fikridan qaytdi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis qimmatbaho futbolchi o‘rniga “Monako” yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini oladigan bo‘ldi. Tomas Tuxel avval Frantsiya chempionatida ishlagani bois, bu o‘yinchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Aslida klub rahbariyati Deklan Rays transferini ma’qullagan edi. Biroq, Tuxel ularning e’tiborini 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga qaratishga muvaffaq bo‘lgan. Londonliklarga Orelenning transfer summasi Raysning ancha kam ekani ham ma’qul kelmoqda.

Oreler Tchuameni ham Tomas Tuxel bilan ishlashga rozilik bergan. U o‘tgan mavsumda milliy chempionatda 36 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!