
Tuxel “Bavariya”ni “Chelsi”ga aylantiryapti
“Bavariya”ni qabul qilib olgan Tomas Tuxel jamoaga o‘zining “Chelsi”dagi sobiq shogirdlarini jamlashni rejalashtirmoqda.
Dastlab, germaniyalik mutaxassis “Bavariya”dagi darvozabonlar muammosini “Chelsi” zaxirasiga o‘tirib qolgan Eduar Mendini olib kelish orqali hal qilmoqchi edi.
Shuningdek, Tuxel tajribali yarim himoyachi Niko Kovachichni Myunxenga olib kelishga qaror qilgandi.
Endi bu ro‘yxat yanada kengaydi. Tomas klub rahbariyatidan Meyson Maunt va Kay Xavertsni olib kelishni so‘ramoqda. Bu to‘rt futbolchi ikki yil muqaddam Tomas Tuxelga “Chelsi”ni Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirishiga yaqindan yordam bergan.
Ta’kidlash joizki, to‘rtala futbolchi ham “Chelsi”ning hozirgi bosh murabbiy Grem Potterning kelajakdagi rejalariga kiritilmagan.
Fikrlar